20:11 / 31.10.2020
2857
Belarus xorij fuqarolari uchun quruqlikdagi chegaralarini yopdi

Ushbu chora koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish bilan izohlanmoqda.

Foto: TUT.BY

Belarus 1 noyabrdan xorij fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun quruqlikdagi chegara-o‘tkazish punktlarini yopdi. Bu haqda mamlakat chegara qo‘mitasi ma'lum qildi.

Ushbu chora koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish bilan izohlanmoqda.

Cheklovlarda bir nechta istisno mavjud. Birinchidan, Minsk aeroporti orqali keluvchi xorij fuqarolari uchun chegaralar yopilmaydi.

Quruqlikdagi chegaralar orqali Rossiyaning barcha fuqarolari Belarusga kirishi mumkin.

Bundan tashqari, diplomatik va xizmat pasportiga ega bo‘lgan xorijliklar, rasmiy delegatsiyalar rahbarlari va a'zolari, xalqaro tashuvlarni amalga oshirayotgan transport vositalari haydovchilariga mamlakatga kirish taqiqlanmagan. Shuningdek, ichki suv transporti, xalqaro poyezd va lokomotiv brigadalari ekipajlari a'zolari ham mamlakatga kira oladi.

Top