17:15 / 31.10.2020
12918
Ilhom Mahkamovga transport vaziri vazifasini bajarish yuklatildi 

Ilhom Mahkamovga O‘zbekiston transport vaziri vazifasini bajarish yuklatildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanalida xabar berildi.

Qayd etilishicha, hukumatning 2020 yil 30 oktabr kungi 670-son qarori bilan Ilhom Rustamovich Mahkamovga O‘zbekiston transport vaziri vazifasini bajarish yuklatilgan.

Ilhom Mahkamov transport vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston transport vaziri lavozimi joriy yilning avgust oyidan beri bo‘sh turgandi. 

Joriy yilning 5 avgust kuni prezidentning tegishli farmoni imzolangan. Unda Elyor G‘aniyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgani aytilgan.

Elyor G‘aniyev 2020 yilning fevralida Ochilboy Ramatov o‘rniga Transport vaziri bo‘lgandi.

Top