16:28 / 31.10.2020
8277
Mayk Tayson va Roy Jons o‘rtasida haqiqiy jang bo‘lishi kutilmoqda

Sobiq ring qirollari Roy Jons va Mayk Tayson o‘rtasidagi jang 28 noyabr kuni o‘tkaziladi. 

Foto: Earl Gibson/BET/Getty Images

Mashhur bokschilar kichik Roy Jons va Mayk Tayson o‘rtasidagi jang omma tarafidan jiddiy qabul qilinmoqda. MMA Fighting'ning xabar berishicha, bu haqda bokschilar matbuot anjumanida aytib o‘tishgan.

Xususan, Tayson muxlislar haqiqiy jang kutishayotganini ta'kidladi. Jons ham uning fikrlariga qo‘shilishini bildirdi.

«Agar bunga ishonmasangiz, demak siz bilan nimadir noto‘g‘ri… Ha, kim ham Maykka qarshi o‘zini ko‘rgazmali jang kutayotganini o‘ylab ringga chiqardi. Bizda maxsus bosh kiyimlar bo‘lmaydi. Ko‘rgazmali jang? Yo‘q, hammasi qanday bo‘lishi kerak bo‘lsa, shunday bo‘ladi», – degan Roy.

Sobiq ring qirollari Roy Jons va Mayk Tayson o‘rtasidagi jang 28 noyabr kuni o‘tkaziladi.  

54 yoshli Tayson va 51 yoshli Roy Jons ringga ko‘tarilishi haqidagi gap-so‘zlar iyul oyida paydo bo‘lgan edi. Ma'lum qilinishicha, namoyishdan tushgan pullar xayriya tashkilotlariga yo‘naltiriladi.

2005 yildan buyon professional boksda ringga tushmagan Mayk Tayson 58ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning 50tasida g‘alaba qozongan. Oxirgi marta 2018 yilda ringga ko‘tarilgan Roy Jonsda 66ta g‘alaba va 9ta mag‘lubiyat bor.

Top