17:30 / 31.10.2020
3781

«MYu» «Arsenal»ga qarshi, «Liverpul» uchun jiddiy sinov. Hafta o‘yinlari anonsi

Hafta o‘rtasida yevrokuboklardagi o‘yinlardan keyin dam olish kunlari ko‘hna qit'ada milliy chempionatlar tur doirasidagi uchrashuvlar o‘tkaziladi. Kuchli beshlik toifasiga kiruvchi ligalarda muxlislarni bir qator qiziqarli o‘tishi kutilayotgan to‘qnashuvlar kutib turibdi.

Angliya Premer-ligasi: «MYu» «Arsenal»ga qarshi, «Liverpul» uchun jiddiy sinov

Tumanli Albionda turning markaziy uchrashuvi bu turda ham «Old Trafford»da o‘tkaziladi. Sulsher qo‘l ostidagi «Manchester Yunayted» Artetaning «Arsenal»ini qabul qiladi. «Yunayted» o‘tgan turda ham markaziy uchrashuvda Londonning «Chelsi» klubiga qarshi maydonga tushgan va bahs nursiz durang bilan yakunlangandi. O‘sha bahsdan keyin «MYu» chorshanba kuni YeChL doirasida Bundesliga peshqadami «Leypsig»ni 5:0 hisobida mag‘lub etib, haftaning eng shov-shuvli g‘alabasini qayd etdi. «Arsenal» ham Yevropa ligasi doirasida «Dandolk» ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi. Yevrokuboklarda yaxshi ishtirok etayotgan bu klublarning APLda unchalik omadi yurishayotgani yo‘q. Aynan ushbu bahs jamoalarning Premer-ligadagi bu yilgi imkoniyatlari qay darajada ekanligini ko‘rsatishi mumkin.

Amaldagi chempion «Liverpul» esa o‘z maydonida «Vest Hem»ni qabul qiladi. Devid Moyyes jamoasi oxirgi uch o‘yinda «Lester»ni safarda 3:0 hisobida mag‘lub etgani, «Chelsi» bilan 3:3, «Manchester Siti» bilan esa 1:1 hisobini qayd etganini inobatga olsak, Yurgen Klopp jamoasini jiddiy sinov kutib turganligini anglash mumkin.

APL. 7-tur.

30 oktabr (juma)

01:00. Vulverhempton - Kristal Pelas 2:0.

31 oktabr (shanba)

17:30. Sheffild Yunayted - Manchester Siti
20:00. Bernli - Chelsi
22:30. Liverpul - Vest Hem

1 noyabr (yakshanba)

17:00. Aston Villa – Sauthempton
19:00. Nyukasl – Everton
21:30. Manchester Yunayted – Arsenal
00:15. Tottenhem – Brayton

2 noyabr (dushanba)

22:30. Fulhem – Vest Bromvich
01:00. Lids – Lester.

Ispaniya La Ligasi: «Barsa» va «Real» o‘rtamiyonalarga qarshi

La Liga 8-turiga start bergan juma kungi uchrashuvda «Kadis» safarda «Eybar»ni mag‘lub etib, «Real»ni bir pog‘ona pastlashishiga sabab bo‘ldi va 2-o‘ringa chiqib oldi. Shunga qaramay, Zidan jamoasi peshqadamlikni yana qaytarib olish imkoniyatiga ega. Madridliklar bu turda «Ueska»ga qarshi saf tortishadi. «Barselona» futbolchilari esa klub rahbariyatidagi o‘zgarishlarga qay daraja reaksiya ko‘rsatishini «Alaves» bilan o‘yinda ko‘ramiz. Turning markaziy bahsi «Atletik» va «Sevilya» o‘rtasida o‘tishi kutilmoqda.

La liga. 8-tur.

30 oktabr (juma)

01:00. Eybar – Kadis 0:2.

31 oktabr (shanba)

18:00. Real Madrid - Ueska
20:00. Atletik – Sevilya
22:30. Osasuna – Atletiko
01:00. Alaves – Barselona

1 noyabr (yakshanba)

18:00. Betis – Elche
20:00. Selta - Real Sosedad
22:30. Granada – Levante
01:00. Valensiya – Xetafe

2 noyabr (dushanba)

01:00. Vilyarreal – Valyadolid

Italiya A Seriyasi: «Genuya derbisi» Shomurodovsiz o‘tadi

Italiya A Seriyasi 6-turining markaziy o‘yini «Genuya derbisi»da kuzatiladi. «Sampdoriya» hamshahri «Jyenoa»ni qabul qiladi. Afsuski, ushbu uchrashuvda jarohati sababli o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov «Jyenoa»ga yordam bera olmaydi. Shunga qaramay, «Jyenoa» ashaddiy raqibi bilan bahsda ochko olishga majbur. Aks holda ligada eng kam gol urgan ushbu jamoaning turnir jadvalidagi holati badtar yomonlashadi.

A Seriya. 6-tur.

31 oktabr (shanba)

19:00. Krotone – Atalanta
22:00. Inter – Parma
00:45. Bolonya – Kalyari

1 noyabr (yakshanba)

16:30. Udineze – Milan
19:00. Torino – Latsio
19:00. Spetsiya – Yuventus
22:00. Napoli – Sassuolo
22:00. Roma – Fiorentina
00:45. Sampdoriya – Jyenoa

2 noyabr (dushanba)

00:45. Verona – Benevento

Germaniya Bundesligasi: Alamzadalar bahsi

Germaniya chempionati 6-turining markaziy uchrashuvi Chempionlar ligasi 2-turining alamzada klublari o‘rtasida o‘tadi. «Real» bilan bahsda 2:0 hisobidagi g‘alabani qo‘ldan chiqargan «Borussiya» Menxengladbax klubi Manchesterda «nokaut»ga uchratilgan «Leypsig»ga qarshi saf tortadi. G‘alaba ikki tomon uchun ham juda zarur. «Leypsig» peshqadamlikni saqlab qolishi va «Bavariya» ta'qibidan qutilishi uchun ham 3 ochko olishi zarur bo‘lsa, «Borussiya» beshlikka qaytishi uchun zafar quchishi kerak.

Bundesliga. 6-tur

30 oktabr (juma)

00:30. Shalke – Shtutgart 1:1.

31 oktabr (shanba)

19:30. Keln - Bavariya
19:30. Augsburg - Mayns
19:30. Arminiya - Borussiya D
19:30. Ayntraxt F - Verder
22:30. Borussiya M - Leypsig

1 noyabr (yakshanba)

19:30. Frayburg - Bayyer
22:00. Gerta - Volfsburg

2 noyabr (dushanba)

00:30. Hoffenhaym - Union Berlin

Fransiya chempionati. 9-tur

31 oktabr (shanba)

19:00. Renn – Brest
23:00. Nant – PSJ

1 noyabr (yakshanba)

15:00. Sent-Eten – Monpele
17:00. Anjye – Nitssa
17:00. Dijon – Loryan
17:00. Nim – Mets
17:00. Reyms – Strasbur
19:00. Monako – Bordo
23:00. Lill – Lion

2 noyabr (dushanba)

Marsel – Lans.

Rossiya Premer ligasi. 13-tur

31 oktabr (shanba)

14:00. Rubin – Arsenal
16:30. Axmat – Krasnodar
16:30. Spartak – Rostov
19:00. Sochi – Lokomotiv

1 noyabr (yakshanba)

12:00. Ufa – Ural
14:00. Ximki – Zenit
16:30. Rotor – TsSKA
19:00. Tambov – Dinamo.

Top