01:00 / 31.10.2020
7154
Ronaldu koronavirusdan tuzaldi

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu koronavirusdan sog‘aydi. Bu haqda klub rasmiy sayti ma'lum qildi.

19 kun davomida izolyatsiyada bo‘lib, davolangan futbolchining topshirgan so‘nggi testi salbiy natija ko‘rsatdi.

Ma'lumot uchun, Ronaldu koronavirus tufayli Turin klubining A Seriya doirasida «Krotone» (1:1) va «Verona» (1:1), YeChL doirasida «Dinamo» K (2:0) va «Barselona»ga (0:2) qarshi o‘yinlarini o‘tkazib yubordi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top