16:08 / 31.10.2020
11841
Rossiya Armanistonni qanday vaziyatda himoya qilishi mumkinligini ma'lum qildi

Armaniston bosh vaziri Rossiya prezidentiga yozgan maktubida Rossiya Armaniston xavfsizligini ta'minlash uchun qanday yordam berishi mumkinligini so‘ragandi.

Foto: KUN.UZ

Agarda Armaniston hududida jangovar to‘qnashuvlar boshlansa, Moskva Yerevanni qo‘llab-quvvatlaydi. Rossiya tashqi ishlar vazirligi Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning Rossiya prezidenti Vladimir Putindan yordam so‘rab qilgan murojaatiga ana shunday javob qaytardi

Vazirlikning ta'kidlashicha, Rossiya va Armaniston o‘rtasidagi do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq ana shunday qaror qabul qilingan. 

Rossiya tashqi ishlar vazirligi o‘z bayonotida Tog‘li Qorabog‘dagi nizo ishtirokchilarini o‘t ochishni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirgan.

Nikol Pashinyan shanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat haqida batafsil ma'lumot berilgan maktub yozdi. U o‘z maktubida ikki davlat o‘rtasidagi ittifoqchilik shartnomasini hisobga olgan holda Rossiya Armaniston xavfsizligini ta'minlash uchun qanday yordam berishi mumkinligini so‘ragan.

Top