16:56 / 31.10.2020
5468

Samsung Galaxy S21 turkumidagi flagmanlarini qachon sotuvga chiqarishi ma'lum qilindi

Samsung kompaniyasining keyingi flagmani 5 ta kameraga ega bo‘ladi. Bu haqda mashhur insayder OnLeaks’ga tayanib Sammobile nashri xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, keyingi taqdimotlarda koreyalik gigantning eng yuqori darajadagi flagmani Galaxy S21 Ultra bo‘ladi. Model bitta old kamera va AMOLED ekran bilan jihozlangan hamda uning korpusi temirdan ishlangan ramka bilan o‘ralgan. Smartfonning orqasida korpusga birlashib ketuvchi asosiy kameralar bloki joylashadi.

OnLeaks tarqatgan xabarga ko‘ra, modelda 5 ta obektiv yoki 4 ta obektiv va qo‘shimcha sensor bo‘ladi. Qo‘shimcha sensorning nega kerakligi haqida insayderlarda ham ma'lumot yo‘q. Insayderlarning taxminiga ko‘ra, telefonda ikkita alohida teleobektiv bo‘ladi, ulardan biri besh karra yaqinlashtirish imkoniga ega bo‘ladi.

Shuningdek, smartfonning tashqi ko‘rinishi va texnik xususiyatlari borasida deyarli yakuniy to‘xtamga kelingan. Rasmiy taqdim qilinadigan Galaxy S21 Ultra ushbu rasmdagi ko‘rinishidan bir ozgina farq qilishi mumkin.

Samsung kompaniyasi yil boshida bozorda raqobatning yo‘qligidan foydalanib, yangi seriyadagi smartfonlarini 2021 yilning yanvarida taqdim qilishi va fevraldan sotuvga chiqarishi kutilmoqda.

Mavzuga oid
Top