17:42 / 31.10.2020
12210
Shon Konneri vafot etdi
Foto: Getty Images

Britaniyalik aktyor Shon Konneri 90 yoshida vafot etdi. Bu haqda BBC News uning oilasiga tayangan holda xabar bermoqda.

Ser Tomas Shon Konneri 1930 yilning 25 avgust kuni Shotlandiyaning Edinburg shahrida tug‘ilgan. «Oskar» mukofoti, ikki karra BAFTA, uch karra «Oltin globus» mukofoti laureati.

Shon Konneri 70dan ortiq filmlarda, jumladan, Yan Fleming asarlarining yettitasida rol o‘ynagan. Asosiy roli - Jyeyms Bond. Gangster yo‘nalishidagi «Teginmaslar» (The Untouchables) dramasida gavdalantirgan Jim Meloun obrazi uchun Konneri «Oskar» va «Oltin globus» mukofotlariga sazovor bo‘ldi. 

2003 yilda u o‘zining yarim asrlik faoliyatini yakunladi, Bagama orollarida rafiqasi bilan istiqomat qilgan.

Top