08:18 / 31.10.2020
1703
Toshkentda avtobuslarda maxsus jyetonlardan foydalanish muddati uzaytirildi

2020 yil 1 noyabrdan boshlab Toshkent shahar yo‘lovchi tashish transportida (avtobuslar) maxsus (temir) jyetonlardan foydalanish to‘xtatilishi ma'lum qilingan edi. 

“Toshshahartransxizmat” xabariga ko‘ra, yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida maxsus (temir) jyetonlardan foydalanish 2021 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi. 

Poytaxtda jamoat transportida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini joriy etish doirasida yo‘lovchilarning yagona transport kartalari orqali yo‘l haqi to‘lovlarni amalga oshirishi ko‘lamini kengaytirish, avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini to‘laqonli ishlab ketish jarayonini tezlashtirish, shuningdek, jamoat transportida naqd pul muomalasidan voz kechish maqsadida yagona transport kartasidan foydalanish mumkinligi ham ma'lum qilingan.

"Toshshahartransxizmat" tomonidan qabul qilingan tegishli buyruq faqatgina avtobuslarga taalluqli, Toshkent metropoliteni faoliyatiga tegishli emas.

Top