13:20 / 31.10.2020
3444
Turkiya prezidenti turkiy tilli davlatlar sog‘liqni saqlash vazirlari bilan uchrashdi

Istanbulda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sog‘liqni saqlash sohasida muvofiqlashtiruvchi qo‘mita yig‘ilishi doirasida tashkil etilgan muloqotlarga Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ham tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayevning xabar berishicha, Rajab Toyyib Erdo‘g‘an turkiy tilli davlatlarning sog‘liqni saqlash vazirlari bilan uchrashdi. 

Turkiya prezidenti bugungi pandemiya sharoitida davlatlar o‘rtasida hamkorlikni yanada kuchaytirish, kasallikka qarshi kurashda foydalanilayotgan resurslarni birgalikda qo‘llash va pandemiyaga qarshi hamjihatlikda kurashibgina uni yengish mumkinligini alohida ta'kidladi.

Avvalroq, O‘zbekiston va Turkiya koronavirusga qarshi turk vaksinalarining uchinchi bosqich sinovlarida hamkorlik qilishi mumkin ekani xabar berilgandi

Top