11:31 / 31.10.2020
1033
Yevropa aviakompaniyalari koronavirus sababli parvozlar sonini kamaytirmoqda

Deutsche Lufthansa SA 125ta samolyotining parvozini to‘xtatishini va aviatashuvlar hajmini o‘tgan yilgi ko‘rsatkichning chorak qismigacha kamaytirishini ma'lum qildi.

Foto: Spencer Platt/Getty Images

Yevropaning yirik aviakompaniyalari koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari ko‘payganligi va yangi cheklovlar sababli parvozlar sonini kamaytirmoqda.

Air France joriy chorakda 2019 yildagi parvozlar ko‘rsatkichining 35 foizini amalga oshirishini ma'lum qildi. Niderlandiyaning KLM aviakompaniyasi esa odatiy parvozlarning 45 foizini bajarishini bildirdi.

O‘tgan haftada International Consolidated Airlines Group SA parvozlar sonini 2019 yildagi ko‘rsatkichlarning 30 foizigacha qisqartirishini xabar qilgandi.

Deutsche Lufthansa SA 125ta samolyotining parvozini to‘xtatishini va aviatashuvlar hajmini o‘tgan yilgi ko‘rsatkichning chorak qismigacha kamaytirishini ma'lum qildi.

Yevropaning eng yirik aviatashuvchisi bo‘lgan Air France-KLM 2020 yilning uchinchi choragini zarar bilan yakunladi.

IAG ham uchinchi chorakni zarar bilan yakunlagan.

 

Top