21:32 / 01.11.2020
5634
A Seriya. Ronaldudan dubl, «Yuve»dan yirik g‘alaba, «Latsio»dan superkambek

Italiya A Seriyasi 6-turi doirasidagi ikki uchrashuv nihoyasiga yetdi.

Foto: AFP

«Spetsiya» mehmoni bo‘lgan «Yuventus» safarda yirik hisobdagi g‘alabaga erishdi. Birinchi bo‘limdan keyin 1:1 hisobini qayd etib turgan turinliklar Ronaldu zaxiradan maydonga tushganidan uch daqiqa o‘tib jamoasini hisobda oldinga chiqargan bo‘lsa, 76-daqiqada penaltidan mohirona foydalanib, jamoasiga yirik hisobli g‘alabani taqdim etdi – 1:4. 
Ikki haftadan ko‘proq vaqt davomida koronavirusdan tuzalgan portugaliyalik forvard qaytishini dubl bilan nishonladi.

Turinda esa «Torino» va «Latsio» superuchrashuvni taqdim etishdi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida Lukich o‘z goli bilan hisobni 3:2ga yetkazgan bo‘lsa, qo‘shib berilgan 90+5-daqiqada Immobile penaltidan, 90+8-daqiqada esa Kaysedo gol urib, kambek amalga oshirdi – 3:4.

Ushbu natijalardan keyin «Yuve» 12 ochko bilan 2-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, «Latsio» esa 10 ochko bilan 7-o‘ringa chiqdi.

A Seriya. 6-tur

Spetsiya – Yuventus 1:4
Gollar: 0:1 – 14 Morata, 1:1 – 32 Pobega, 1:2 – 59 Ronaldu, 1:3 – 67 Rabo, 1:4 – 76, penalti Ronaldu.
Spetsiya – Provedel, Tersi, Ferrer, Shabo (Dell`Orko, 74), Bastoni, Pobega (Esteves, 74), Bartolomei, Richchi, Verde (Agudelo, 46), Farias (Djasi, 73), Nzola.
Yuventus – Buffon, Demiral, Bonuchchi (Frabotta, 77), Danilo, Bentankur (Rabo, 62), Kuadrado, Artur, Makkenni (Remzi, 62), Keza, Dibala (Ronaldu, 56), Morata (Kulusevski, 78).

Torino – Latsio 3:4
Gollar: 0:1 – :1 – 15 Pereyra, 1:1 – 19 Bremer, 2:1 – 25, penalti Belotti, 2:2 – 48 Milinkovich-Savich, 3:2 – 87 Lukich, 3:3 – 90+5, penalti Immobile, 3:4 – 90+8 Kaysedo.
Torino – Sirigu, Voynovich, Bremer, Voyvoda (Singo, 70), Rodriges, Rinkon, Meyte, Lukich, Linetti, Verdi (Nkulu, 71), Belotti (Bonatssoli, 77).
Latsio – Reyna, Xudt, Acherbi, Luis Felipe, Gabarron, Pereyra (Akpa-Akpro, 46), Fares (Kataldi, 81), Milinkovich-Savich, Parolo (Leyva, 46), Korrea (Kaysedo, 73), Muriki (Immobile, 56).

Top