19:31 / 01.11.2020
5135
Afg‘onistonda “Tolibon”ning 100dan ko‘proq jangarisi yo‘q qilindi

Afg‘oniston hukumat kuchlari 1 noyabrga o‘tar kechasi Qandahor viloyatida o‘tkazgan amaliyot davomida “Tolibon” harakatining 100dan ko‘proq jangarisini yo‘q qildi.      

Foto: AP

Viloyat politsiya boshqarmasi vakili Jamol Nosir Barakzoyning ma'lum qilishicha, Jiray va Argxandob uyezdlarida jangarilarga qarshi borgan janglarda mamlakat xavfsizlik kuchlari otryadlari 101 tolibni yo‘q qilgan, o‘nlab jangarilar yarador bo‘lgan.   

Politsiya vakilining ta'kidlashicha, ushbu uyezdlarda va viloyatning boshqa hududlarida toliblar bilan to‘qnashuvlar davom etmoqda. 

Top