16:20 / 01.11.2020
8465
Andijon viloyat hokimi qabuliga 750dan ziyod murojaatchi keldi
Foto: KUN.UZ

Har oyning so‘nggi shanbasida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov o‘z tumanidagi hokimlik va davlat idoralarida murojaati ortidan yechimini topa olmagan fuqarolarni qabul qiladi. Shu kuni viloyatning barcha yuqori tashkilotlari mas'ullari tomonidan ham turli muammolar bilan kelgan aholi arzlari tinglandi. 

31 oktabr kuni Andijon shahridagi A.Navoiy madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tgan qabul davomida yashash uchun uy-joy, ishga joylashish, yo‘llarni ta'mirlash, toza ichimlik suvi muammolari, nogironlik aravachalari,  moddiy yordam,  tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalarga oid 760dan ziyod murojaatlar qabul qilindi.

Qabul davomida yechimi ma'lum vaqt talab etadigan murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga aniq ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Viloyat hokimligi bergan ma'lumotga ko‘ra, qabul davomida jami 769ta murojaatlarning 65 foizi ijobiy hal qilingan. 

Elmurod Ermatov

Top