23:38 / 01.11.2020
5248
APL. «MYu» «Old Trafford»da «Arsenal»ga mag‘lub bo‘ldi

Angliya Premer-ligasi 7-turi doirasida «MYu» o‘z uyida «Arsenal»ga mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuvning kulminatsion voqeasi 69-daqiqada sodir bo‘ldi. Pogba Beleringa nisbatan jarima maydoni ichida qo‘pol harakat qilgani uchun bosh hakam 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi. To‘p oldiga yaqinlashgan Obameyang jamoasiga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.

Natijada «Arsenal» 12 ochko bilan 8-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, «MYu» 7 ochko bilan 15-o‘rinda qoldi.

Qayd etish joiz, «MYu» joriy mavsum APL doirasida «Old Trafford»da g‘alaba qozona olmayapti.

APL. 7-tur

Manchester Yunayted – Arsenal 0:1

Gol: 0:1 – 69, penalti Obameyang.
Manchester Yunayted – De Xea, Shou, Uan-Bissaka, Maguayr, Lindelef, Maktomini, Brunu Fernandesh (van de Bek, 75), Pogba, Fred (Matich, 62), Reshford, Grinvud (Kavani, 75).
Arsenal – Leno, Xolding, Belerin, Gabriel, Tirni, Saka, Parti, El-Nenni, Villian (Meytlend-Naylz, 86), Obameyang (Mustafi, 87), Lyakazett (Nketia, 76).
Ogohlantirishlar: Fred (22), Xolding (25), Gabriel (27), Grinvud (71), Obameyang (87), Maguayr (90).

Top