00:01 / 01.11.2020
3206

Jyeff Bezosning boyligi bir kunda 9,5 mlrd dollarga kamaydi

Bezosning sobiq turmush o‘rtog‘i Makkenzi Skottning ham boyligi miqdori kamaydi. U ajrashganidan so‘ng Bezosning kompaniyadagi ulushining chorak qismiga ega bo‘lgandi va bir kunda 3,3 mlrd dollar yo‘qotdi.

Foto: Reuters

AQSh fond bozorlaridagi pasayish tufayli dunyoning eng badavlat kishisi, Amazon asoschisi Jyeff Bezosning boyligi bir kunda 9,5 mlrd dollarga kamaydi, deb xabar bermoqda Forbes.

Amazon aksiyalari narxi 5 foizdan ortiqroqqa pastlab, kompaniya kapitalizatsiyasi 179,4 mlrd dollarni tashkil etdi — bu o‘tgan haftadagi savdolar yakuniga nisbatan 20 mlrd dollarga kam.

Amazon aksiyalari narxi tushishi natijasida Bezosning sobiq turmush o‘rtog‘i Makkenzi Skottning ham boyligi miqdori kamaydi. U ajrashganidan so‘ng Bezosning kompaniyadagi ulushining chorak qismiga ega bo‘lgandi va bir kunda 3,3 mlrd dollar yo‘qotdi.

Facebook bosh direktori Mark Tsukerbergning boyligi juma kuni 6,4 mlrd dollarga qisqardi. Bunga ijtimoiy tarmoq aksiyalari narxi 6,3 foizga tushib ketgani sabab bo‘ldi. 

Tesla bosh direktori Ilon Maskning boyligi 4,3 mlrd dollarga kamayib, 87 mlrd dollarni tashkil etdi. Yozda Maskning boyligi 100 mlrd dollardan oshgandi.

Hafta davomida eng ko‘p mablag‘ yo‘qotgan milliarderlar ro‘yxatidan yana ikki amerikalik - Rocket Companies kredit tashkiloti asoschisi Deniyel Gilbert va Zoom videoqo‘ng‘iroqlar servisi asoschisi Erik Yuan bor. Har ikki milliarderning boyligi 1,3 mlrd dollardanga kamaygan.

Mavzuga oid
Top