18:49 / 02.11.2020
4289
Kobulda universitetga qilingan hujum oqibatida 20ga yaqin kishi halok bo‘ldi

​​​​​​​Qayd etilishicha, hujumda uch nafar jangari qatnashgan. Ular xavfsizlik kuchlarining olti soatga yaqin davom etgan operatsiyasi chog‘ida yo‘q qilingan. 

Foto: Reuters

Ekstremistlar guruhi tomonidan Kobuldagi universitetga qilingan hujum oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Afg‘oniston ichki ishlar vazirligi vakili Tariq Oriyonga tayanib TOLOnews telekanali xabar berdi.

Avvalroq Qatarning Al Jazeera telekanali 20 kishi halok bo‘lgani haqida xabar qilgandi.

Xabar qilinishicha, dastlab Kobul universiteti hududida portlash sodir bo‘lgan, so‘ngra qurollangan shaxslar yuridik fakulteti yaqinida otishma sodir etgan. O‘sha vaqtda bu yerda kitoblar ko‘rgazmasining ochilish marosimi o‘tkazilayotgan bo‘lgan.

Oriyonning so‘zlariga ko‘ra, universitetga qilingan hujum natijasida yana 22 kishi jarohatlangan. Uning qayd etishicha, hujumda uch nafar jangari qatnashgan. Ular xavfsizlik kuchlarining olti soatga yaqin davom etgan operatsiyasi chog‘ida yo‘q qilingan.

Top