11:37 / 02.11.2020
13894
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana oshdi

Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e'lon qildi. Ushbu almashuv kurslari 3 noyabr kunidan kuchga kiradi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 6,98 so‘mga oshgan va bir dollar 10366,86 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 211,50 so‘mga pasayib, 12074,28 so‘mga teng bo‘ldi.

Rubl kursi esa 5,74 so‘mga tushgan va 1 rubl 130,37 so‘mni tashkil etgan.

O‘tgan haftada dollar kursi bir necha oy davomida uzluksiz o‘sishdan keyin ilk marta pasaygandi.

Top