21:14 / 02.11.2020
9776

Oziq-ovqat sanoati uyushmasiga rais tayinlandi

Bahodir Umirshayxov qaytadan tashkil etilgan Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi etib tayinlandi. Bu haqda «Yangi O‘zbekiston» nashrining Telegram kanalida xabar berilgan.

Bahodir Umirshayxov 2004–2019 yillarda Olmaliq «Ammafos-Maksam» fosfat o‘g‘itlari ishlab chiqarish zavodida yetakchi iqtisodchi, 2005–2017 yillar davomida O‘zbekiston Tovar va xomashyo birjasida broker sifatida ishlagan. Bunga qadar O‘zbekiston Qandolatchilikni rivojlantirish uyushmasiga rahbarlik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalgi O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi 2016 yil fevralida tugatilib, «O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi tashkil etilgandi. 2020 yil sentabr oyida esa «O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasi Prezident qarori bilan tugatilgan.

Top