17:23 / 02.11.2020
10199
Toshkentda 50 ming dollar talab qilgan tovlamachi ushlandi. U bir ayolga oid videoni tarqatib yuborish bilan tahdid qilgan

Bosh prokuratura matbuot xizmati mahkama huzuridagi Iqtisodiy jinoyatga qarshi kurash departamenti tomonidan so‘nggi kunlarda aniqlangan jinoyatlar haqida Kun.uz'ga ma'lumot berdi.

Foto: Reuters

Olmazor tumanida 50 000 dollar talab qilgan tovlamachi ushlandi

Departamentning Olmazor tuman bo‘limi va Toshkent shahar IIBB o‘tkazgan tezkor tadbirda, fuqaro B.S. (erkak) fuqaro A.G. ning (ayol) yarim yalang‘och holda raqsga tushgani aks etgan videoni internetda tarqatish va uning oila a'zolariga ko‘rsatib sharmanda qilish bilan tahdid qilib, evaziga G.N.dan 50 000 dollar berishni talab qilib, shundan, 6 500 dollarni tovlamachilik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Holat yuzasidan B.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Toshkent viloyatida «Remdesivir» dori vositasini dorixonadan tashqarida noqonuniy ravishda sotilgani aniqlandi

Departament va DBQning Toshkent viloyati boshqarmalari o‘tkazgan tadbirda, fuqaro J.A. tomonidan pandemiya sharoitida mo‘may daromad orttirish maqsadida, koronavirus infeksiyasini davolashda foydalaniladigan «Remdesivir for Injection» nomli dori vositasini dorixona va uning filialidan tashqarida har bir qutisini 850 ming so‘mdan hisoblab, 200 qutisini 170 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.

Tergovga qadar tekshiruvda, J.A. «Remdesivir for Injection» dorilarini qayta sotish maqsadida fuqaro M.K.dan xarid qilgani aniqlangan.

Holat yuzasidan J.A. va M.K.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 1863-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Qoraqalpog‘istonda OTMga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 2 500 dollar olgan firibgar ushlandi

Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi prokuratura va DXX bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda, fuqaro S.M. ariza muallifi G.M.ning singlisi G.M.ni 2 500 dollar evaziga, tanishlari orqali Nukus davlat pedagogika instituti Ellikqal'a filialining Maktabgacha ta'lim yo‘nalishiga shartnoma asosida o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1 500 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan fuqaro S.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Xorazm viloyatida shikoyat arizasini qaytarib olish evaziga 10 mln so‘m olgan tovlamachi fosh etildi

Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi o‘tkazgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.D. tomonidan Hazorasp tuman «Yo‘llardan foydalanish» UK faoliyati yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yozgan shikoyat arizasini qaytarib olish evaziga korxona rahbaridan tovlamachilik yo‘li bilan 10 mln so‘mni talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Sh.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Surxondaryo viloyatida kredit chiqartirib berish evaziga 15 000 dollar talab qilgan firibgar ushlandi

Departament va DXXning Surxondaryo viloyat boshqarmalari o‘tkazgan tezkor tadbirda, fuqaro M.M. va boshqalar «Z.A.» MChJ rahbari R.ga yog‘ ishlab chiqarish zavodini qurishi uchun bank muassasasida ishlovchi tanishlari orqali 2,8 mlrd so‘m kredit chiqartirib berish evaziga 15 000 dollar olgan vaqtlarida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Holat yuzasidan M.M. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Surxondaryo viloyatida 10 000 dollarni noqonuniy ravishda muomalaga kiritgan fuqaro ushlandi

Departament va DXXning Surxondaryo viloyat boshqarmalari o‘tkazgan tezkor tadbirda, fuqaro A.G. har bir AQSh dollarini 10 400 so‘mdan hisoblab jami 10 000 AQSh dollarini 104 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Holat yuzasidan fuqaro A.G.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 3-qismi jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top