14:45 / 02.11.2020
3458
Xayriya: Onasi buyragini bermoqchi bo‘lgan yigit yaxshilar yordamiga muhtoj

Dunyo aholisi singari O‘zbekistonga ham kirib kelgan pandemiya vatandoshlar, hamyurtlarni yanada jipslashtirdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ular o‘zaro bir-birining taqdiriga yanada hamdardlik bilan munosabatda bo‘lishmoqda. Xususan, Kun.uz tomonidan tashkil etilayotgan xayriya aksiyalarida kerakli mablag‘lar yig‘ilishida o‘zgacha bir faollik kuzatilmoqda. Bu ham o‘zbekistonliklarning saxovatpeshaliklarini yana bir bor namoyon qilmoqda.

Kun.uz muxbiri voha viloyatlari bo‘ylab safarida Buxoro viloyati, Jondor tumanida istiqomat qilib kelayotgan hamyurtimiz Xayriddin Mahmudov xonadonida bo‘ldi. 1990 yilda tug‘ilgan Xayriddin, 3 yildirki, surunkali aralash shakldagi glomerulonefrit uchinchi bosqichidan aziyat chekmoqda. Dializ ola boshlaganiga 3 oy bo‘lgan.

«Mening o‘g‘lim ham do‘stlari qatori sog‘lom, o‘ynab-kulib yursa deyman. Hech kim o‘g‘limdek xasta bo‘lmasin. Hech kim bizdek muhtoj bo‘lmasin. Mana qancha-qancha bemorlar xalqimizning beminnat yordami bilan sog‘ayib ketmoqda. Farzandim ham shular singari shifo topadi, degan umiddaman», - deydi onaizor.

Xayriddinning onasi Nodira opaning aytishicha, bugungi kunda oila 8 ming AQSh dollari jamg‘argan. Uning Hindistonga borib, jarrohlik amaliyotini o‘tkazishi uchun yana 10 ming AQSh dollari yetmayapti. Hindistondagi tibbiyot muassasasi ma'lumotnomasiga ko‘ra, birgina jarrohlik amaliyotining o‘ziga 14 ming AQSh dollari kerak bo‘ladi.

Aziz va saxovatpesha hamyurtlar, dard bergan Alloh, albatta shifosini ham berishi shubhasiz. Buning uchun faqatgina ixlos ila duo hamda sababini qilib, davolanish zarur. Bugungi kunda esa, zamonaviy tibbiy usullar vositasida a'zolarni ko‘chirib o‘tkazgan holda shifo topayotgan hamyurtlarimiz ko‘p. Bir farzandni tarbiyalayotgan Xayriddin ham siz azizlar ko‘magida shifo topib ketadi, degan umidda murojaat qilmoqdamiz.

Keling, yaxshilar, imkoni borlar savobli ehsonlar qilsalar, uzrlilar xayrli duolarini kanda qilmasalar, Xayriddin ham Hindistondan komil shifo topib qaytsa! Onaizorning ko‘z yoshlari tinib, mahzun qalbi xursandchilikka to‘lishiga ko‘mak beraylik.

Xayriddin Mahmudov oid ma'lumotlar:

Xayriddin Mahmudov +998914129707

Agrobank (UzCARD). Onasi Nodira Temirova nomida

8600 0417 1851 8625

Sberbank (VISA). Shodi Xojaev nomida

4276 4100 1575 1530

Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top