17:06 / 03.11.2020
4610
EPSILON (EDC): «Muborak-Zirabuloq» gaz quvurining birinchi qatorini ishga tushirilishiga hozirlik ko‘rilmoqda

«Muborak-Zirabuloq» (BGX-TBA) gaz quvurining 50-78 km oralig‘idagi avariyaviy qismini ta'mirlash bo‘yicha payvandlov-yig‘uv ishlari yakunlandi. Ayni paytda quvurning birinchi qatorida siqilgan havo hamda harakatlanuvchi uchta azotli siquv uskunalari yordamida sinov ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, asosiy gaz uzatish quvurlarining tegishli qismlarida modernizatsiya, rekonstruksiya va qurilish ishlari davom ettirilmoqda.

  • «Ohangaron-Pungan» yo‘nalishidagi quvurning 25 km lik qismida yonlama gaz o‘tkazgich;
  • «Yangiyer KSS-Shirin GTS» yo‘nalishigacha bo‘lgan quvurning 338 chi km dan boshlangan, 4,7 km lik qismida gaz yo‘nalishini o‘zgartirgich.

Shuningdek, «Muborak-Zirabuloq» (BGX-TBA) yo‘nalishidagi quvurning II-III - qatorlarida, «DBST», «Kelif-Muborak» va «BGX-TBA-A» gaz quvurlarining umumiy 25,8 km lik eskirgan qismlarida mukammal ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Barcha ishlar belgilangan sanitariya-epidemiologiya va ekologiya mezonlariga muvofiq ravishda bajarilmoqda.

Epsilon Matbuot xizmati

Top