10:26 / 03.11.2020
9185

Islomshunos olim Ubaydulla Uvatov vafot etdi

Islomshunos olim, professor Ubaydulla Uvatov vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.

Ubaydulla Uvatov 1940 yil 23 fevralda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida tavallud topgan. 1958-1964 yillarda Toshkent davlat universiteti talabasi bo‘lgan. Misr, Iroq va Liviya mamlakatlarida tarjimonlik faoliyati bilan shug‘ullangan.

U. Uvatov Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, prezident administratsiyasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, «Amir Temur», «Oltin meros» jamg‘armalari, Imom Buxoriy xalqaro markazi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Xalqaro islom akademiyasida faoliyat olib bordi.

U yurtimizdan yetishib chiqqan allomalarning hayoti va ilmiy-ma'naviy merosini xalqning ma'naviy mulkiga aylantirish borasida salmoqli ishlarni amalga oshirdi.

Olimning mana samarali mehnatlari munosib qadrlanib, 2017 yilda «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni, «Mehnat shuhrati» ordeni va 2020 yilda «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi.

Kun.uz marhumning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Top