08:25 / 03.11.2020
3296
Jizzax va Samarqandda qurilish bosh boshqarmasi rahbarlari o‘zgardi

Hukumatning 2020 yil 2 noyabr kungi 682-son qarori bilan qurilish sohasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, Mahmud Pardaboyevich Tursunov Jizzax viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i etib tayinlandi. Shu munosabat bilan Ergash Qo‘ldoshev ushbu lavozimdan ozod qilindi.

Shuningdek, Laziz Zohidovich Hamidov Samarqand viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i etib tayinlandi. Shu munosabat bilan Bahrom Nazarov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

Top