10:20 / 03.11.2020
8918

Tijorat banklarida dollar kursi ko‘tarildi. Sotish - 10 410 so‘mdan

O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklarida 3 noyabr, seshanba kuni ertalab dollar kursi ko‘tarildi.

Bir qator banklarda dollar olish 10 340 - 10 370 so‘mdan, sotish 10 410 so‘mdan taklif etilmoqda. So‘nggi marta banklarda dollar kursi oktabr oyi boshida ko‘tarilgandi (olish - 10 330 so‘m, sotish - 10 390 so‘m).

Avvalroq, Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e'lon qilgandi. Ushbu almashuv kurslari 3 noyabr kunidan kuchga kirdi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 6,98 so‘mga oshgan va bir dollar 10366,86 so‘mni tashkil qildi.

Top