18:33 / 03.11.2020
3565

Vashington politsiyasi kuchaytirilgan tartibda ishlashga o‘tdi

Shahar markazidagi turli tashkilot va muassasalar o‘z binolari derazalarini maxsus vositalar bilan to‘smoqda, federal hukumat esa Oq uy atrofida xavfsizlik choralarini kuchaytirdi.

Foto: freegreatpicture.com

AQSh prezidenti saylovidan so‘ng tartibsizliklar yuz berishi ehtimoli sababli Vashington politsiyasi yuqori darajadagi tayyorgarlik rejimiga o‘tdi. Bu haqda Vashington ichki xavfsizlik va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma'lum qildi.

Joriy sutkada Kolumbiya okrugining barcha politsiyachilari xizmatda bo‘ladi.

Shu bilan birga, shahar markazidagi turli tashkilot va muassasalar o‘z binolari derazalarini maxsus vositalar bilan to‘smoqda, federal hukumat esa Oq uy atrofida xavfsizlik choralarini kuchaytirdi. Jumladan, uning atrofi yana bir qator to‘siq bilan o‘raldi.

Vashington meri Myuriel Bauzer politsiya ehtimoliy tartibsizliklarga tayyor ekanligini aytdi. Merning ta'kidlashicha, Kolumbiya okrugida komendantlik soati joriy etish ehtimoli ko‘rib chiqilmayapti, ammo zarurat tug‘ilsa ushbu chora qo‘llaniladi.

AQShda prezident saylovi 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. 

 

Mavzuga oid
Top