00:02 / 04.11.2020
11168

AQSh kompaniyasi dunyodagi eng kuchli pikapni taqdim qilmoqchi

AQShning Rezvani kompaniyasi o‘zining yangi modeli Hercules 6x6’ning tizer suratlarini namoyish qildi. Ta'kidlanishicha, yangi mashina dunyodagi eng kuchli pikap bo‘ladi.

Foto: Instagram /Rezvani

6 g‘ildirakli mashinaning taqdimoti yaqin haftalarda o‘tkazilishi kutilmoqda. Ayni vaqtda mashinaga buyurtmalar olish boshlangan. Buning uchun mijozlar 266 dollar miqdorida bo‘nak to‘lovini amalga oshirishlari lozim.

Suratlarga ko‘ra, pikap dizayni kompaniyaning Tank yo‘ltanlamasini eslatadi. Avtomobil kvadrat shakldagi g‘ildirak arkalari, mis rangdagi diskalar va yo‘ltanlamaslar uchun mo‘ljallangan shinalar oladi. Mashinaning barcha texnik ko‘rsatkichlari sir saqlanmoqda. Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, yangi mashina 4-avloddagi Jeep Wrangler modeli negizida quriladi va 1000 ot kuchiga ega 6,2 litrli kompressor dvigatel bilan jihozlanadi. 

Dastlab yangi pikapni yozda taqdim qilish rejalashtirilgandi. Biroq koronavirus pandemiyasi sababli taqdimot keyinga qoldirilgan.

Avvalroq Rezvani o‘zining Tank modelini taqdim qilgandi. Kompaniyada ushbu mashina dunyodagi eng kuchli seriyali yo‘ltanlamas deb atalgan. Mashinaning eng qimmat versiyasi 1014 ot kuchiga ega 6,2 litrli dvigatel olgan.

Mavzuga oid
Top