09:57 / 04.11.2020
8731
«Gashtak» – oshni sevuvchilar uchun mazali yangilik

Respublika va hatto qo‘shni mamlakatlarga ham dong‘i taralgan «Chustiy» oshxonasi haqida eshitmaganlar kam bo‘lsa kerak. O‘zbek milliy shoh taomi palovning «Ginnes rekordlari» kitobiga kirishida Bahriddin Chustiyning ham mehnati singganidan xabardor bo‘lsangiz kerak.

O‘z kasbini sevgan va undan zavq olayotgan Bahriddin Chustiy palovni xush ko‘ruvchilar uchun ajoyib xushxabarni tayyorlab qo‘ydi. Azim Toshkent markazida Bahriddin Chustiy va Bahrom Sultonlarning «Gashtak» nomli mualliflik restorani ochildi. Unda siz ushbu ikki mahoratli oshpazlar tomonidan tayyorlangan o‘ziga xos ko‘rinish va ta'mga ega oshni tanovul qilishingiz mumkin.

Oshpaz Bahriddin Chustiy «Gashtak» restorani va do‘sti Bahrom Sulton haqida quyidagicha hikoya qilib berdi:

«Do‘stim bilan yoshligimizdan buyon birgamiz, bir shaharda tug‘ildik, bir maktabga bordik, bir vaqtda Moskvaga ishlashga bordik, birga idish yuvdik, birga pol artdik, birga oshpazlik qildik, birga vatanga qaytdik.

Hozirgi kunga qadar Toshkentdagi mega palov,  Namangandagi sumalak loyihalarida, jumladan, Indoneziya, Xitoy, BAA, Checheniston, Gruziya, Turkiya kabi bir qancha davlatlarda o‘zbek oshxonasini targ‘ib qiluvchi bir qancha tadbirlarda birgalikda qatnashdik.

Endilikda siz, azizlar, uchun birgalikda @gashtak.uz restoranini taqdim qilmoqchimiz. Ushbu restoranda o‘zbek oshxonasini targ‘ib qiluvchi turli xil chiqishlar qilish maqsad qilingan. Alloh yuzimizni yorug‘ qilsin».

Bahriddin Chustiy qo‘shimcha qilishicha, restoranda turli hudud oshlari, jumladan, Buxoro, Toshkent, Samarqand va vodiyning mashhur palovxonto‘rasidan bahramand bo‘lishingiz mumkin. Oshga har kuni 11.30 dan boshlab buyurtma berishingiz mumkin.

Shuningdek, ikki do‘st oshpazlarning mualliflik taomlaridan bahramand bo‘lish imkoniyatiga ham ega bo‘lasiz. Undan tashqari, o‘zbek oshxonasiga doir mahorat darslari ham o‘tkazish rejalashtirilgan.

«Gashtak» restoranidan buyurtma bering va hoziroq oshpazlarning mahoratiga shaxsan o‘zingiz baho bering.

Murojat uchun telefon: +99895 513 55 55

Instagram: @gashtak.uz

Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani, Qori Niyoziy 1-tor ko‘cha, 20-uy

Mo‘ljal: Respublika Kardiologiya markazi yonida. 

Reklama huquqi asosida

Top