11:29 / 04.11.2020
9281

Jismoniy tarbiya va sport universitetining Farg‘ona filiali tashkil etildi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Farg‘ona filiali tashkil etildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Farg‘ona filiali O‘zbekiston prezidentining 2020 yil 3 noyabrdagi «Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-4877-son qaroriga muvofiq faoliyat yuritadi.

Filial faoliyati 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab yo‘lga qo‘yiladi, deyiladi ma'lumotda.

Respublikadagi jami oliy ta'lim muassasalari soni 127taga yetdi.  

Top