15:08 / 04.11.2020
5610

Litva prezidenti YeIni Belarus AESida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotib olmaslikka chaqirdi

Litva parlamenti Belarus AESni milliy xavfsizlikka tahdid deb e'lon qildi.

Foto: nn.by

Litva prezidenti Gitanas Nauseda YeI yetakchilariga Belarus AESida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini Yevropa bozoriga kiritmaslik chaqirig‘i bilan murojaat qildi. Bu haqda Litva prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Vilnyusning fikricha, Belarus Litva bilan chegarada, Vilnyusdan 50 km uzoqlikda qurgan atom elektr stansiyasi xavfli hisoblanadi.

Nauseda Yevropa hamjamiyatini Belarus elektr energiyasini sotib olishni to‘xtatgan Litvadan o‘rnak olishga chaqirdi.

Litvaning ta'kidlashicha, BelAES loyihasi yadro energetikasi sohasidagi xalqaro talablar buzilgan holda amalga oshirilgan. Litva parlamenti mazkur AESni milliy xavfsizlikka tahdid deb e'lon qildi hamda u yerda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotib olish hamda elektr tarmoqlari orqali o‘tkazishni taqiqladi.

Belarus esa Vilnyusning e'tirozlari siyosiy tusda ekanligini aytmoqda.

Mavzuga oid
Top