23:44 / 04.11.2020
14264

Samsung o‘zining eng qimmat smartfonini taqdim etdi  

Samsung kompaniyasi yangi buklanuvchi smartfonini taqdim etdi. Smartfon narxi 3 ming dollarni tashkil qilib, Xitoy bozori uchun chiqarilgan. U ko‘rinishidan o‘rtasidan buklanuvchi Galaxy Z Fold2 smartfoniga o‘xshaydi, biroq undan farqli tomonlari bor.   

Foto: Samsung

Birinchidan, qurilma nomida kompaniyaning barcha smartfonlari, aqlli soatlari va boshqa qurilmalari uchun xos bo‘lgan Galaxy so‘zi yo‘q: u Samsung W21 5G deb ataladi. Ikkinchidan, SIM-kartalar uchun ikkita alohida slotga ega.

Yangi qurilma Galaxy Z Fold2’dan bo‘yiga biroz uzunroq chiqqan. 

Foto: Samsung

Smartfonning buklanuvchi displeyi Dynamic AMOLED 2X’ning o‘lchami 7,6 dyuymni tashkil qilib, u ichkariga buklanadi. Tashqi Super AMOLED ekranining o‘lchami esa 6,23-dyuymga teng. Smartfon Snapdragon 856+ protsessori, 12 Gb tezkor va 512 Gb doimiy xotira, simli tez (25 Vt) va simsiz (11 Vt) quvvatlashni qo‘llab-quvvatlovchi 4500 mA-soat sig‘imga ega akkumulyator bilan jihozlangan.

Foto: Samsung

Xitoyda qurilmaning narxi 19999 yuanni (3 ming dollar) tashkil qiladi va 20 noyabrdan sotuvga chiqariladi

Top