20:30 / 05.11.2020
7993

Abdulla Aripov Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirini qabul qildi

2020 yil 5 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayevni qabul qildi.

O‘zbekiston Hukumati rahbari Qirg‘iziston bilan hamkorlik aloqalarni yanada mustahkamlashda ilgari erishilgan barcha kelishuvlarni izchil amalga oshirish muhim ekanini qayd etdi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-logistika, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari hamda pandemiyaning ikki tomonlama aloqalarga salbiy oqibatlarini bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Mavzuga oid
Top