20:00 / 05.11.2020
4647
Artel kompaniyasi bir oyda 10 million AQSh dollari miqdorida mahsulot eksport qildi

Artel kompaniyasining oktabr oyidagi eksport ko‘rsatkichi 10 million AQSh dollarini tashkil etdi. Bu kabi yuqori ko‘rsatkich, milliy kompaniya mahsulotlari chet el iste'molchilarining hurmatiga sazovor bo‘lgani va chet el bozorlarida katta talabga egaligining dalilidir. 

Milliy mahsulot – milliy g‘urur deb bekorga aytilmagan. Yurtimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar chet el davlatlarida muvaffaqiyat qozonganini eshitganda, faxr-iftixor tuyg‘usi o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi. Yurtimizning eksport salohiyati yildan yilga oshib borayotgani esa alohida zavq bag‘ishlaydi. Bugungi kunda mamlakatimizning barcha hududlarida sanoat korxonalarini tashkil etish, ularni qo‘llab-quvvatlash, mahsulotlarini eksportga yo‘naltirish bo‘yicha keng ko‘lamda ish olib borilmoqda va bu tinimsiz mehnatning natijalari yaqqol ko‘rinib turibdi: O‘rta Osiyodagi eng yirik maishiy texnika ishlab chiqarish korxonasi qayerda? Albatta, O‘zbekistonda!

Artel kompaniyasi mahsulotlari bugungi kunda 10 dan ortiq davlatga eksport qilinmoqda. Kompaniya mahsulotlari chet el bozorlarini jadal sur'atlarda zabt etib, iste'molchilar hurmatiga, muhabbatiga sazovor bo‘lmoqda desa hech mubolag‘a bo‘lmaydi. Korxonaning oktabr oyidagi yuksak eksport ko‘rsatkichlari esa buni yaqqol tasdiqlab turibdi.

Aytish joizki, Artel Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarboyjon, Rossiya, Tojikiston va Ukraina davlatlariga eng ko‘p eksportni amalga oshiradi. Televizorlar, suv isitgichlari, sovutgichlar va oshxona plitalari esa chet el bozorlarida katta talabga ega.

Chet el bozorlariga kirib borish o‘ta og‘ir va mashaqqatlidir. Artel dunyoning mashhur kompaniyalari bilan nafaqat o‘z yurtida, balki chet elda ham bemalol raqobatlasha olishini tasdiqladi. Bu oydagi rekordli ko‘rsatkich o‘z ustida ishlash, mahsulot sifatini muntazam oshirib borish, ishlab chiqarish jarayonlarini muntazam mukammallashtirish va to‘xtovsiz rivojlanishning natijasidir. Artel kompaniyasi bu ko‘rsatkichda to‘xtamasdan, uni yanada baland pog‘onalarga ko‘tarishni va yangi cho‘qqilarni zabt etishni rejalashtirgan.

Qo‘shimcha ma'lumot uchun artelgroup.org rasmiy saytiga yoki fb.com/arteluzb rasmiy sahifasiga tashrif buyuring.

Reklama huquqi asosida

Top