23:54 / 05.11.2020
5303
Belarusda NEXTA Telegram-kanali mualliflari qidiruvga berildi

Belarusda NEXTA Telegram-kanali asoschilari deb hisoblanayotgan Stepan Putilo va Roman Protasevich qidiruvga berildi. Ular Jinoyat kodeksining uchta moddasi bo‘yicha gumonlanmoqda.

Stepan Putilo (o‘ngda) Rossiyada ham qidiruvga berilgan.

Belarus Tergov qo‘mitasi ma'lumotiga ko‘ra, ular «Ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirish», «Jamoat tartibini qo‘pol ravishda buzadigan guruh harakatlarini tashkil etish» va «Kasbiy mansubligi asosida ijtimoiy adovatni qo‘zg‘atishga qaratilgan qasddan qilingan xatti-harakatlar» moddalari asosida gumonlanmoqda.

NEXTA – Belarusda oppozitsion ruhda ekani bilan mashhur bo‘lgan Telegram-kanali hisoblandi. U prezident saylovlaridan so‘ng boshlangan norozilik namoyishlarini faol ravishda yoritib bormoqda va fuqarolarni namoyishlarga chaqirmoqda.

Polyak OAV xabarlariga ko‘ra, kanal asoschisi Stepan Putilo bir necha yil oldin Belarusdan Polshaga ko‘chib o‘tgan.

Putilo Rossiyada ham qidiruvdagi shaxs sifatida Ichki ishlar vazirligining ma'lumotlar bazasiga kiritilgan.

Mavzu
Belarus-2020
2020 yilning 9 avgustida Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi. 26 yildan buyon mamlakatni boshqarayotgan Lukashenko bu safar ham nomzodini qo‘ygan.
Barchasi
Top