08:28 / 05.11.2020
1592
Bezos 2020 yilda Amazon’ning 10,2 milliard dollarlik aksiyalarini sotdi

Dunyoning eng badavlat odami, Amazon asoschisi Jyeff Bezos joriy haftada kompaniyaning 3,1 mlrd dollarlik aksiyalarini sotdi.  

Foto: Pic-theheraldbusinessjournal.com

CNBC telekanalining xabar berishicha, Bezos avgustda ham Amazon’ning 3,1 mlrd dollarlik, fevralda esa 4,1 mlrd dollardan ko‘proq aksiyasini sotgan. Ushbu ko‘rsatkichlar hisobga olinsa, dunyoning eng badavlat insoni joriy yilda aksiyalar sotishdan 10,3 mlrd dollardan ko‘proq foyda olgan. 2019 yilda Bezos kompaniyaning 2,8 mlrd dollarlik aksiyalarini sotgan edi.   

Ma'lumotlarga ko‘ra, Amazon’ning 2020 yil 3-choragidagi tushumi 96,1 mlrd dollarni tashkil qildi va 2019 yilning shu davriga nisbatan 37 foizga oshdi. Kompaniya foydasi esa 6,1 mlrd dollarga yetgan.   

Shu davr ichida kompaniyaning Shimoliy Amerikadagi savdosi hajmi 39 foizga, jahon bo‘yicha esa 37 foizga o‘sgan. 

Top