16:01 / 05.11.2020
7242
«Bu kambag‘allikka qarshi kurashishdagi yaxshi tajriba sifatida tan olinyapti». Obid Hakimov «Temir daftar» va «Ayollar daftari» haqida

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov “Temir daftar”, “Ayollar daftari”ning kambag‘allikni qisqartirishdagi o‘rni haqida gapirdi.

Foto: KUN.UZ

“Bu yil pandemiya davrida bizda ishini yo‘qotgan odamlar paydo bo‘ldi. Bu guruhlar bilan ishlash uchun vaqtinchalik chora sifatida “Temir daftar” eng samarali instrument sifatida kiritildi. Ya'ni sizda ro‘yxat bor, bu ro‘yxatga yordamga muhtoj bo‘lgan aholi kiritilgan. Oilada necha kishi, necha farzand borligi, uy bormi va h.k. – hamma ma'lumotlar kiritilgan. Bu hozir kambag‘allikka qarshi kurashishdagi yaxshi tajriba sifatida tan olinyapti.

Sirdaryo viloyatidagi ijtimoiy reyestr sinov loyihalari tugadi. “Temir daftar” ijtimoiy reyestrga o‘tib ketadi. Ijtimoiy reyestr – O‘zbekiston ijtimoiy himoya tizimini boshqaradigan yagona reyestr bo‘ladi. Bu yerda avtomatlashtirish evaziga inson omili, korrupsiya omilini yo‘qotishga erishiladi”, – dedi Obid Hakimov AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Avvalroq, kambag‘allikka qarshi kompleks ravishda kurashish kerakligi aytilgandi.

Top