23:38 / 05.11.2020
14217
Hindistonda noyob qora yo‘lbarsni suratga olishga muvaffaq bo‘lindi 

Hindistonda havaskor fotosuratchi Sumen Bajpay tabiatda juda kam uchrovchi qora yo‘lbarsni suratga olishga muvaffaq bo‘ldi. Noyob yo‘lbarsni Hindistonning Odisha shtati sharqida uchratishgan. 

Foto: Soumen Bajpayee

Odatda, yo‘lbarslar tanasi asosiy sariq rangga va qora rangdagi chiziqlarga ega bo‘ladi. Qora yo‘lbarslarda esa aksincha. Taxminlarga ko‘ra, ular tanasining bunday bo‘lishi turlararo chatishuv natijasida yuzaga kelgan irsiy nuqson oqibati hisoblanadi. Bundan tashqari, ular boshqa yo‘lbarslarga nisbatan kichikroq o‘lchamga ega.

Avval ham qora yo‘lbarsni suratda muhrlashga muvaffaq bo‘lishgan, biroq surat yo‘qotib qo‘yilgan.

Qora yo‘lbarslarni uchratish juda qiyin. Birinchi marta bunday yo‘lbarslarni 1990 yilda uchratishga muvaffaq bo‘lingan. Oxirgi yillar ular ov qilinishi oqibatida kamayib ketgan va yo‘qolib ketish yoqasida turibdi. Ularning aksariyati Hindistondagi Simplipal qo‘riqxonasida 2007 yildan beri yashaydi. 

Hindistonning yovvoyi tabiat instituti tadqiqotchisi Bivash Pandavning aytishicha, Odisha shtatida 7-8ta qora yo‘lbars qolgan.

Top