14:20 / 05.11.2020
17690

Toshkentda daraxtga urilgan «Spark» haydovchisi hodisa joyida vafot etdi

Joriy yilning 5 noyabr kuni soat 03:30larda Toshkent shahar, Olmazor tumani, Keles yo‘li ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1991 yilda tug‘ilgan Q.T. “Spark” rusumli avtomobil tezligini me'yoridan oshirgan holda harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.

Hodisa oqibatida “Spark” rusumli avtomobil haydovchisi, 29 yoshli Q.T. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, avtomobil yo‘lovchisi, 34 yoshli K.Q. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.  

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top