16:37 / 05.11.2020
2929
Turkiya koronavirusga qarshi o‘z vaksinasini sinovdan o‘tkazishga kirishdi  

Qayd etilishicha, vaksina sinovini kelasi yil yanvarida yakunlash rejalashtirilgan.

Foto: Depositphotos

Turkiya Erjiyes universitetida ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi ERUCOV-VAC vaksinasini odamlarda sinovdan o‘tkazishni boshladi. Bu haqda TRT Haber xabar bermoqda.

«Koronavirusga qarshi "ERUCOV-VAC" vaksinasining birinchi dozasi ko‘ngillida sinab ko‘rildi», – dedi universitet rektori Mustafo Chalish.

Qayd etilishicha, vaksina sinovini kelasi yil yanvarida yakunlash rejalashtirilgan.

Turkiya sentyabrda Rossiyada ishlab chiqarilgan vaksinaning yakuniy sinov bosqichida qatnashishga ariza bergandi.

Sentabr o‘rtalarida mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja Turkiyada Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksina sinab ko‘rilganini ma'lum qildi.

Top