21:14 / 06.11.2020
4261
Jorjiya shtati ovozlar qayta hisoblab chiqilishini e'lon qildi

Shtat davlat kotibi Bred Raffensperger Jorjiyada prezident saylovi natijasi hozircha noaniq ekanligini ta'kidladi.

Foto: AP

AQSh prezidenti poygasi natijasini hal qiluvchi shtatlardan biri Jorjiyada ovozlar qaytadan hisoblab chiqiladi. Bu haqda shtat davlat kotibi Bred Raffensperger CBS News telekanali efirida e'lon qildi.

 Reuters agentligining xabar berishicha, nomzodlar orasidagi kichik farq tufayli ovozlar qaytadan hisoblanadi.

 Raffensperger Jorjiyada prezident saylovi natijasi hozircha noaniq ekanligini ta'kidladi.

 6 noyabr kuni demokratik partiyadan nomzodi ko‘rsatilgan Jo Bayden Jorjiyada Donald Trampni ortda qoldirgandi.

Tramp shtabi ovozlarni qayta hisoblash chog‘ida qoidabuzarliklar aniqlanadi va ustunlik Tramp tomonida bo‘ladi, deb hisoblamoqda.

Mavzu
AQSh-2020
2020 yilning 3 noyabrida AQShda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. 3 fevral kuni demokratlar qarorgohida birlamchi saylovlar - kokuslar va praymerizlar boshlangan.
Barchasi
Top