20:00 / 06.11.2020
21733
Limonaria Village – qulay maskanda shinam kottejlar

Ko‘p qavatli uylarda yashashdan zerikdingizmi? O‘ziga xos arxitekturasi bilan ajralib turuvchi “Limonaria Village” turar joy majmuasi bu borada sizning eng oqilona tanlovingiz bo‘loladi. Bunyodkor ko‘chasi, Lokomotiv istirohat bog‘iga yaqin hududda 52 ta hi-tech uslubidagi eksklyuziv kottej uylar o‘z egalarini kutmoqda. Kottejlar shaharchasida jahon standartiga javob beruvchi yorug‘, keng va zamonaviy dizaynga ega uylarni xarid qilishingiz mumkin. Xo‘sh, ushbu xonadonlarda qanday qulayliklar mujassam?

Qulayliklari

Jami 52 ta kottejlardan iborat shaharchada, bolalar maydonchasi, futbol stadioni joylashgan. Bundan tashqari, majmuada turli maishiy xizmat ko‘rsatuvchi shoxobchalar, jumladan, sport trenajor zallari, go‘zallik salonlari, oziq-ovqat do‘konlari ham joylashgan. Xullas, shaharchadan tashqariga chiqmasdan eng zaruriy yumushlarni bajarib olishingiz mumkin. Bu esa bugungi tig‘iz zamonning eng katta talabi – vaqtni tejashga imkon beradi.

Kottejlar

Har bir kottej hi-tech uslubida qurilgan bo‘lib, odatiy va biz har kuni ko‘zimiz tushadigan, hatto insonni zeriktiradigan ko‘rinishdagi xonadonlardan tubdan farq qiladi. Bitta Limonaria kotteji umumiy 307 m2 maydonni egallagan bo‘lib, 2  ta qavat va bitta yerosti maydoniga ega.

Yerosti qavati keng xoll, trenajor zali, dam olish hududi, mahsulot va buyumlar saqlanadigan ombor, kinozaldan iborat.

Birinchi qavatda esa yana bir xoll, oshxona, mehmonxona, yotoqxona, 2ta vannaxona va hojatxona bor.

Ikkinchi qavatda boshqa qavatlardan farqli ravishda balkon ham bor. Bu esa sizga qo‘shimcha qulaylikni taqdim etishi aniq. Bu qavatda xoll, 2 tadan vannaxona va hojatxona mavjud. Undan tashqari, uy yana qo‘shimcha yotoqxonaga ham ega. Shu o‘rinda bir muhim jihatga e'tibor qaratish lozim: ikkinchi qavatda asosiy yotoqxona (master-spalnya) joylashgan bo‘lib, bu ustunlik uy egalariga yuqori qulaylikni taqdim etadi. Asosiy yotoqxona o‘zida alohida vannaxona, hojatxona, garderobni o‘z ichiga olgan.  

E'tibor bergan bo‘lsangiz, uy zamonaviy hi-tech uslubida bo‘lsa-da, o‘zbekona yashash tarziga monand loyihalashtirilgan. Ko‘p farzandli va mehmondo‘st hamyurtlarimiz uchun Limonaria uylari haqiqiy qulaylikni taqdim eta oladi.

Shu o‘rinda uyning tashqi – hovli qismi haqida ham ma'lumot bersak: 35.2 m2 maydon yashil hudud va 18 m2 maydon esa avtomobil qo‘yishga mo‘ljallangan usti yopiq maydoncha (naves)dan tashkil topgan.

30 noyabrgacha o‘zingiz orzu qilgan zamonaviy xonadonni arzon va qulay narxlarda xarid qilishga shoshiling! Endi hi-tech uslubida qurilgan kottejlarning har bir m² uchun atiga 3.300.000 so‘mdan to‘lov qilishingiz mumkin!

Limonaria Village kottejlari didingizga to‘la mos keladi. Eng muhimi, orzudagi uyingiz talablariga to‘la javob berishiga aminmiz!

Murojaat uchun telefonlar:

+998 55 500 88 22

+998 90 909 77 88

+998 97 404 77 88

+998 33 700 05 00

Limonaria Village savdo ofisi: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bunëdkor kŭchasi.

Mo‘ljal: Lokomotiv istirohat bog‘i.

Veb-sayt: limonariavillage.uz

Instagram: @limonariavillage

Telegram: t.me/limonariavillage

Facebook: fb.com/limonariavillage

Reklama huquqi asosida

Top