12:53 / 06.11.2020
42025
Farg‘onada 5 balli zilzila qayd etildi

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 2020 yil 6 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:38da Qirg‘izistonda yer silkinishi sodir bo‘ldi. 

Yer silkinishi koordinatalari: 40,16 gradus shimoliy kenglik; 71,72 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,9. Chuqurlik 10 km. Yer silkinishi episentridan Toshkentgacha masofa 244 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Yer silkinishi O‘zbekiston hududida:

Toshkent: 244 km, 2 ball.
Namangan: 93 km, 3 ball.
Andijon: 87 km, 4 ball.
Farg‘ona: 26 km, 5 ball.
Guliston: 252 km, 2 ball.

Top