23:57 / 06.11.2020
2410
Prezident sog‘lom turmush tarziga oid targ‘ibot bannerlarini 15–20 foizga ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i asosida O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi bannerlar soni ko‘paytirilishi kutilmoqda.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, davlat rahbari 6 noyabr kuni tibbiyot tizimidagi muammolarga bag‘ishlangan yig‘ilishda viloyat hokimlariga shunday topshiriq bergan.

«Viloyatlarda, barcha tuman va shaharlarda sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti bo‘yicha bannerlarni 15–20 foizga ko‘paytiringlar. Odamlar shu orqali sog‘lig‘i qanchalik muhimligini tushunishi kerak.

Viloyat hokimlari, bu ishni, albatta, tashkil qilasizlar. Bu masalaga shaxsan javobgarsizlar», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Top