21:00 / 06.11.2020
3304
YeI Turkiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi

Anqara Gretsiya o‘zining alohida iqtisodiy hududi deb hisoblaydigan suvlarda neft-gaz razvedkasini olib bormoqda.

Foto: azertag.az

YeI Kengashi Turkiyaning O‘rta yer dangizida burg‘ulash ishlarini olib borganiga javoban kiritilgan sanksiyalarni 2021 yil 12 noyabrgacha uzaytirdi. Bu haqda YeI Kengashi saytida ma'lum qilindi.

Qayd etilishicha, sanksiyalar jismoniy shaxslar uchun YeIga safar qilishni taqiqlash va aktivlarini muzlatish hamda jismoniy shaxslar uchun aktivlarini muzlatishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, YeIdagi jismoniy va yuridik shaxslarning sanksiyalarga tushgan shaxslar va tashkilotlarga mablag‘ berishi taqiqlanadi.

Hozirda bunday sanksiyalar ikki nafar jismoniy shaxsga nisbatan joriy etilgan.

Bryusselning eslatishicha, Sharqiy O‘rta yer dengizida noqonuniy burg‘ulash ishlarini olib borishga qarshi sanksiyalar kiritilishi YeI Kengashining 2019 yil 14 oktyabrdagi xulosasiga asoslangan.

Turkiya YeIning bu pozitsiyani inkor qilib kelmoqda. Anqara Gretsiya o‘zining alohida iqtisodiy hududi deb hisoblaydigan suvlarda neft-gaz razvedkasini olib bormoqda. Kipr ham Turkiyaga ana shunday e'tiroz bilan chiqqan.

Turkiya shu haftada O‘rta yer dengizi sharqida Barbaros Hayreddin Paşa kemasi georazvedkaning yangi bosqichini boshlashini e'lon qildi. Qidiruv ishlari 2021 yil 16 fevralgacha davom etadi.

Top