14:59 / 06.11.2020
6130
Yunusobod tumanida yuz bergan YTH oqibatida 16 yoshli fuqaro vafot etdi

Toshkent shahar Yunusobod tumanida jiddiy yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar qilmoqda.

2020 yil 5 noyabr kuni soat 21:00da Bog‘ishamol va Chingiz Aytmatov ko‘chalari kesishmasida Nexia-3 rusumli avtomobilni tegishli hujjatlarsiz boshqarib borgan 16 yoshli A.B. 20 yoshli A.A. ishonchnoma asosida boshqarib borgan Spark rusumli avtomobilga to‘qnashgan

IIBB ma'lumotiga ko‘ra, YTHning taxminiy sababi - Nexia-3 avtomobili haydovchisi svetoforning taqiqlovchi belgisiga rioya qilmagan.

Nexia-3 avtomobili haydovchisi YTH oqibatida olgan jarohatlari tufayli voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan. 

YTH tafsilotlarini o‘rganish ishlari davom etadi, deyiladi xabarda.

Top