08:21 / 07.11.2020
6833
Farzandini 120 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

2020 yilning 28 oktabr kuni Xorazm viloyat IIB va DXX Xiva shahar bo‘limi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Tadbir davomida 22 yoshli S.M. moddiy daromad orttirish maqsadida, o‘zining 2020 yilning 2 iyun kuni tug‘ilgan 4 oylik qiz farzandi Z.M.ni tadbirga jalb qilingan fuqarolar I.X., va N.R.ga 120 mln. so‘m evaziga sotishga kelishib, kelishilgan pulning 5.000 AQSh dollarini olgan paytida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Xiva shahar IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan S.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Jinoyat ishi bo‘yicha S.M. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok qilishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan. 

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi ma'lumotda.

Top