08:52 / 07.11.2020
11738

Toshkent viloyatida tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tashkil etildi

Toshkent viloyatida Toshkent tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tashkil etildi. Bu haqda viloyat prokurori katta yordamchisi Arslonbek Toshpo‘latovga asoslanib, Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Yangi ixtisoslashtirtilgan prokuratura 10 nafar boshqaruv xodimlaridan iborat bo‘lib, ular Toshkent viloyati prokuraturasi shtat birliklarini maqbullashtirish hisobiga shakllantirilgan.

Ayni paytda mazkur yangi tuzilma faoliyatini boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, prezidentning shu yil 27 avgustdagi «Bo‘stonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida, Bosh prokuratura tizimida tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat hamda yerlardan noqonuniy foydalanishni bartaraf etish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan prokuratura tashkil etilishi ko‘rsatilgan edi.

Top