17:13 / 07.11.2020
14599

Tramp FQB, MRB va Pentagon rahbarlarini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda – OAV

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Mudofaa vaziri Mark Esper, Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) direktori Jina Xaspel va Federal qidiruv byurosi (FQB) rahbari Kristofer Reylarni ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “The Washington Post” kolumnisti Josh Rogin o‘zining prezident apparatidagi ko‘plab manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, Tramp Pentagon va MRB rahbarlarini bugunoq ishdan bo‘shatishi mumkin.

Shuningdek, FQB rahbari ham «ketadiganlar» ro‘yxatida bor. Lekin boshqa manbalar Donald Tramp rejalarini o‘zgartirib Reyni o‘z lavozimida qoldirishini aytgan.

Josh Roginning izohlashicha, Tramp yuqoridagi oliy martabali mansabdorlarni prezidentga sadoqatli bo‘lmagani va har doim ham u xohlaganidek harakat qilmagani uchun ishdan olishni xohlamoqda.

Mavzuga oid
Top