21:20 / 07.11.2020
12653
Tramp saylovda «katta ustunlik» bilan g‘alaba qozonganligini bildirdi

Avvalroq Tramp murojaat bilan chiqib, saylovda g‘alaba qozonganini ma'lum qilayotgan vaqtda qator telekanallar uning murojaatini efirdan uzib qo‘ygandi.

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp 3 noyabrda o‘tkazilgan prezident saylovida g‘alaba qozonganligini bildirdi. U bu haqda o‘zining Twitter sahifasida yozdi.

«Bu saylovda men katta ustunlik bilan g‘alaba qozondim», — deb yozdi Tramp.

Twitter ushbu qaydga tvit yozilgan paytda prezident saylovi natijalari rasman e'lon qilinmaganligini anglatuvchi belgi qo‘ydi. 

Avvalroq Tramp murojaat bilan chiqib, saylovda g‘alaba qozonganini ma'lum qilayotgan vaqtda qator telekanallar uning murojaatini efirdan uzib qo‘ygandi.

Saylovda demokrat Jo Bayden g‘alaba qozonishi ehtimoli yuqori, chunki u katta ustunlikka ega.

Top