08:04 / 07.11.2020
8998

«Xalq banki» boshqaruvi raisining o‘rinbosari «O‘zbekchorvanasl» agentligi bosh direktori lavozimiga tayinlandi

O‘zbekiston Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari – “O‘zbekchorvanasl” agentligi bosh direktori tayinlandi.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, prezidentning 2020 yil 3 noyabrdagi PQ-4878-son qaroriga muvofiq Baxtiyor Otamurodov Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari – “O‘zbekchorvanasl” agentligi bosh direktori lavozimida ish boshladi.

Bunga qadar B. Otamurodov aksiyadorlik tijorat “Xalq banki” boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekchorvanasl” agentligining sobiq bosh direktori Abdurasul Abdullayev sentyabr o‘rtalarida Ohangaron tumani hokimi etib tayinlangandi

Top